O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari va rafiqasini Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan kutib oldi.
Suxe-Botir maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Marosimdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘uliston Davlat saroyidagi Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.
Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
#Shavkat Mirziyoyev