Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 05/02/2025 O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi "Perdana Putra" hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

O‘zbekiston Prezidenti faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling