Valyuta kurslari 09/06/2025
$1 – 12777.52
UZS – -0,42%
€1 – 14590.65
UZS – -0,11%
₽1 – 161.54
UZS – -1,35%
Qidirish
Moliya 09/06/2025 O‘zbekiston Prezidenti Yangi taraqqiyot banki bilan sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

O‘zbekiston Prezidenti Yangi taraqqiyot banki bilan sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi.

Ushbu ko‘p tomonlama moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan yil oktyabr oyidagi BRIKS sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, bankning Boshqaruvchilar kengashi tomonidan O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishiga prinsipial rozilik berildi. Umumiy qiymati 5 milliard dollarlik birinchi navbatdagi qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirildi.

Davlatimiz rahbari irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, xususiy sektorni moliyalashtirish, ta’lim va infratuzilma sohalarida davlat-xususiy sheriklikni ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo‘llab-quvvatlandi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling