Valyuta kurslari 07/05/2025
$1 – 12924.92
UZS – -0,1%
€1 – 14620.67
UZS – -0,36%
₽1 – 159.94
UZS – 0,76%
Qidirish
O‘zbekiston 06/05/2025 O‘zbekiston Prezidenti yangi o‘quv yilidan sirtqi taʼlimni bekor qilishni maʼqulladi

O‘zbekiston Prezidenti yangi o‘quv yilidan sirtqi taʼlimni bekor qilishni maʼqulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025/2026 o‘quv yilidan taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi.

O‘zbekiston Prezidentining «“Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab mamlakatda sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha qabul bekor qilinadi.

Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan:

oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

magistratura bosqichida muqobil taʼlim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;

oliy taʼlim tashkilotlarida muqobil taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;

muqobil taʼlim shakllariga talabalarni belgilangan meʼyordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, har bir taʼlim tashkiloti tarkibida ichki taʼlim sifati auditini amalga oshirishga masʼul ichki taʼlim sifati nazorati bo‘limlari tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling