Valyuta kurslari 04/04/2025
$1 – 12920.44
UZS – 0,04%
€1 – 14252.54
UZS – 2,12%
₽1 – 153.52
UZS – -0,02%
Qidirish
O‘zbekiston 31/03/2025 O‘zbekiston Prezidenti Xo‘jandga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Xo‘jandga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga keldi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Bugun O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibiga muvofiq, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.

Prezidentlar san’at ustalari ishtirokidagi qo‘shma konsertda ham ishtirok etadilar.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling