Valyuta kurslari 11/04/2025
$1 – 12968.38
UZS – -0,04%
€1 – 14343.03
UZS – 0,1%
₽1 – 152.37
UZS – 0,78%
Qidirish
O‘zbekiston 04/04/2025 O‘zbekiston Prezidenti Ukrainadagi vaziyatni hal etish bo‘yicha muzokara jarayonini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Prezidenti Ukrainadagi vaziyatni hal etish bo‘yicha muzokara jarayonini qo‘llab-quvvatladi

 Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» ilk sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalasi yuzasidan fikr bildirdi.

Davlat rahbari taʼkidlashicha, O‘zbekiston muzokara jarayoni boshlanganini qutlaydi va uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

«Juda murakkab va oson hal bo‘lmaydigan masalalarni hal etish kerakligini tushunamiz. Ammo olib borilayotgan diplomatik saʼy-harakatlar va siyosiy yechimdan o‘zga alternativa ko‘rmayapmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling