Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
O‘zbekiston 22/08/2025 O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Turkmanboshi shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi "Ozarbayjon – Turkmaniston - O‘zbekiston" formatidagi uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling