Valyuta kurslari 07/04/2025
$1 – 12947.20
UZS – 0,21%
€1 – 14222.50
UZS – -0,21%
₽1 – 153.38
UZS – -0,09%
Qidirish
O‘zbekiston 07/04/2025 O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlament sohasidagi samarali hamkorlikni mamnuniyat bilan qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlament sohasidagi samarali hamkorlikni mamnuniyat bilan qayd etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Federatsiya Kengashi Raisi O‘zbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Parlamentlararo aloqalar samarali bo‘layotgani yuksak baholandi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazorati bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Savdo-iqtisodiy sheriklik sur’atini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalari va gumanitar almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling