O‘zbekiston Prezidenti rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha vakillarini tayinladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.
Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — taʼlim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.
Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.
Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.
Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida “komplayens” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.
Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yana-da mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:
Xilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimidan ozod etildi;
Tamila Anvarovna Aliyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv taʼminoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Nodira Jalalovna Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;
Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.
Abdulaziz Hafizovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;
G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;
Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Mansurbek Polvonzoda Olloyorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;
Ruslanbek Kuroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Doniyor Baxtiyorovich Kadirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Gayane Olegovna Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Sherzod Ikromovich Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi;
Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot taʼminoti departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;
Bobur Botirovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Zilemxan Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;
Ella Anatolyevna Djaxangirova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tadbirlarni tashkillashtirish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Erkin Turaqulovich Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Azizbek Allabergenovich Urunov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;
Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Odil Qalandarovich Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Xayriddin Madriddinovich Sultonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri;
Shuxrat Madaminovich G‘aniyev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Viktor Vladimirovich Maxmudov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi;
Alisherbek Azizovich Paygamov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari;
Ulugbek Uchkunovich Kurbanov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Protokoli rahbari.
#Shavkat Mirziyoyev