Valyuta kurslari 20/08/2025
$1 – 12524.92
UZS – 0,22%
€1 – 14630.36
UZS – 0,22%
₽1 – 155.96
UZS – 0,16%
Qidirish
O‘zbekiston 19/08/2025 O‘zbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-avgust kuni Pokiston Islom Respublikasi Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Sahir Shamshod Mirzo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyidagi O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga, yuk tashish 50 foizga oshdi. Karachi va Lahor shaharlarida savdo uylari ochildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paydi.

Harbiy va harbiy-texnik sohalarda, xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi amaliy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha imzolangan uch tomonlama bitimni tez fursatda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling