Valyuta kurslari 02/04/2025
$1 – 12925.20
UZS – -0,09%
€1 – 13982.48
UZS – 0,32%
₽1 – 152.58
UZS – -1,27%
Qidirish
O‘zbekiston 29/03/2025 O‘zbekiston Prezidenti Olmaotaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidenti Olmaotaga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi. O‘zbekiston yetakchisi tashrifi sharafiga faxriy qorovul saflandi va ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi.

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadilar. Kun tartibidan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari o‘rin olgan.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling