Valyuta kurslari 15/01/2025
$1 – 12971.00
UZS – -0,01%
€1 – 13308.25
UZS – 0,64%
₽1 – 126.04
UZS – -0,45%
Qidirish
Texnologiyalar 15/01/2025 O‘zbekiston Prezidenti kosmik faoliyat to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti kosmik faoliyat to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonun kosmik faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashish hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlagan holda, kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.

Quyidagilar kosmik tizimlarning turlari jumlasiga kiradi:

  • Yerni masofadan zondlash;
  • kosmik monitoring;
  • davlat kosmik monitoringi;
  • kosmik aloqa tizimi;
  • yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi;
  • kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling