Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 13/11/2024 O‘zbekiston Prezidenti JSTga qo‘shilish jarayonida erishilayotgan natijalarni qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti JSTga qo‘shilish jarayonida erishilayotgan natijalarni qayd etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Boku shahrida o‘tayotgan iqlim bo‘yicha COP29 konferensiyasi doirasida, mamlakatimizning Milliy pavilonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Milliy qonunchilikni JST me’yorlari va qoidalariga uyg‘unlashtirish, jumladan, eksport subsidiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda.

Xalqaro savdoni tartibga solish masalalarida o‘zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralarni yakunlash va yaqin yillarda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling