Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 13/11/2024 O‘zbekiston Prezidenti Global ekologik fond bilan hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Prezidenti Global ekologik fond bilan hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Boku shahrida o‘tkazilayotgan COP29 tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Global ekologik fond (GEF) bosh direktori va raisi Karlos Rodriges bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda jamg‘arma bilan O‘zbekistonda iqlim barqarorligi va ekotizimlarni muhofaza qilish borasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

GEFning mamlakatimizda bioxilma-xillikni asrash, tabiiy resurslarni boshqarish, iqlim o‘zgarishiga moslashish loyihalarini amalga oshirishdagi muhim hissasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shma loyihalar portfeli 100 million dollardan oshgan.

Havo sifatini monitoring qilish bo‘yicha mintaqaviy tarmoq yaratish, ko‘kalamzorlashtirish va ekoturizmni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini asrash, shuningdek, Orolbo‘yi hududini qayta tiklash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kelgusi yilda O‘zbekistonda yirik xalqaro tadbirlar, jumladan, Global ekologik fond donorlari yig‘ilishini o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling