Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 13/12/2024 O‘zbekiston Prezidenti "Aksa Enerji " kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Prezidenti "Aksa Enerji " kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarini ko‘rib chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning "Aksa Enerji" kompaniyasi raisi Jamil Kazanchini qabul qildi.

Ushbu kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari, uning O‘zbekiston energetika tarmog‘ini kengaytirish va texnologik modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etish rejalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 740 megavatt bo‘lgan zamonaviy elektr stansiyalarini qurish loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bugun Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 400 megavatt bo‘lgan yangi elektr stansiyasini ishga tushirish marosimi bo‘ldi.

Ikki tomonlama "yo‘l xaritasi"ga muvofiq "yashil" energetika sohasida, jumladan, gaz taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish, biogaz stansiyalarini qurish, sanoat zonalarini energiya bilan barqaror ta’minlash va boshqa istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling