Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
O‘zbekiston 18/02/2025 O‘zbekiston Prezidenti "Agility Logistics" kompaniyasi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti "Agility Logistics" kompaniyasi raisini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahrida "Agility Logistics" kompaniyasi raisi Xenadi al-Solih bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1979-yilda tashkil etilgan transmilliy logistika kompaniyasi bu sohada dunyoning eng yirik korxonalaridan bo‘lib, 70 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritmoqda. Aviatsiya xizmatlari, sanoat omborlari, logistika parklari, xizmatlarni raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda ish olib bormoqda.

Uchrashuvda Ko‘rfaz mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali yetkazib berish uchun O‘zbekistonda qo‘shma logistika markazini tashkil etish bo‘yicha istiqbolli loyihaga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling