Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda byudjet mablag‘larini tejash va samaradorlikni oshirishga qaratilgan qarorni imzoladi. Ushbu qarorga ko‘ra, vazirliklar, idoralar va hokimliklarga "samaradorlik va barqarorlikni ta’minlash" prinsipi asosida byudjet mablag‘larini tejash choralarini ko‘rish topshirildi.
Qo‘shimcha xarajatlar, agar byudjet defitsiti 3% dan oshib ketishi mumkin bo‘lsa, faqat qo‘shimcha daromadlar yoki boshqa sarflarni qisqartirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Davlat organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
2025-yil uchun smetalarni tuzishda mebel va ofis jihozlariga sarflanadigan xarajatlar 2024-yil darajasidan 10% ga kamaytirilishi kerak (ta’lim va tibbiyot muassasalaridan tashqari).
Hokimiyatlarga qo‘yidagilar taqiqlanadi:
1-yanvardan boshlab, tuman va shahar tibbiyot muassasalarining xarajatlari Qoraqalpog‘istonning respublika byudjeti, viloyat byudjetlari va Toshkent byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
Iqtisod va moliya vazirligiga 2025-yil 1-sentyabrga qadar vaqtincha xarajat smetalarini tuzish amaliyotini to‘xtatish bo‘yicha taklif tayyorlash topshirildi.