O‘zbekiston og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida g‘olib chiqdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozogʻistonning Astana shahrida yakunlangan Osiyo chempionatida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari to‘plangan ochkolar soni bo‘yicha ham, medallar soni bo‘yicha ham birinchi o‘rinni egallab, ishonchli g‘alabaga erishdi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 3 oltin, 7 kumush va 20 bronza, yoshlar terma jamoasi esa 5 oltin, 13 kumush va 10 bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ushbu natijalarga ko'ra++, har ikki jamoa umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni ishonchli tarzda egalladi.