Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 10/04/2025 “O‘zbekiston Neft va Gaz” jurnali: O‘zbekistondagi sohaga oid yetakchi nashrning yangi davri

“O‘zbekiston Neft va Gaz” jurnali: O‘zbekistondagi sohaga oid yetakchi nashrning yangi davri

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika sohasidagi yetakchi ilmiy-texnik nashri – “O‘zbekiston Neft va Gaz” jurnali rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. 2024 yilda nashr Geo Research & Development Company (GRDC) ilmiy-texnologik markazi boshqaruviga o‘tdi. Bu bilan jurnal uzluksizlikni saqlab qoldi, ilmiy yo‘nalishni kuchaytirib, ekspertlik doirasini yana-da kengaytirdi.

So‘nggi oylarda rebrending qilingan jurnalning uchta soni nashr qilinib, ulardan ikkitasi 2025 yilda chop etildi. Jurnal professional va ilmiy hamjamiyat uchun tan olingan nashr maqomini saqlab qolgan holda, mazmuni, taqdim etilishi va dizayni jihatidan yana-da zamonaviy talqinda chop etila boshladi.

“O‘zbekiston Neft va Gaz” jurnali 1996 yildan beri chiqib, neft-gaz sohasidagi ilmiy ishlanmalar, tarmoq trendlari va ishlab chiqarish amaliyotlarini tizimli ravishda yorituvchi ixtisoslashgan nashrlardan biri bo‘lib qolmoqda. U Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, respublika va uning tashqarisida 3 000 nusxada tarqatiladi.

Bugungi kunda jurnal quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

• geologiya-qidiruv, uglevodorodlarni qayta ishlash, ekologiya, raqamlashtirish va kelajak energetikasi bo‘yicha ekspertlik materiallari;

• yetakchi mutaxassislar va soha rahbarlari bilan intervyular;

• yosh olimlar va muhandislar uchun o‘z tadqiqotlari natijalarini nashr etish imkoniyati.

Tahrir hayʼati raisi, texnika fanlari doktori Azizbek Nazarov shunday taʼkidlaydi:

“Bugun sohada ilmiy muloqotni kuchaytirish har qachongidan ham muhim. “O‘zbekiston Neft va Gaz” jurnali professional hamjamiyat uchun eʼtibor markaziga, bilimlar amaliy qiymatga ega bo‘ladigan, innovatsiyalar esa qo‘llab-quvvatlanadigan va rivojlanishga erishadigan platformaga aylanmoqda”.

Jurnalning tahrir kengashi tarkibiga yirik neft-gaz kompaniyalari rahbarlari, olimlar va xalqaro ekspertlar kiradi. Nashr har chorakda, yiliga to‘rt marta chop etiladi. Jurnalning navbatdagi sonlarida o‘quvchilarni sohani barqaror rivojlantirish bo‘yicha tahlillar, konlarni o‘zlashtirishning yangi texnologiyalari haqidagi materiallar, global tamoyillar sharhi va energiya samaradorligi sohasidagi tadqiqotlar kutmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling