Valyuta kurslari 10/06/2025
$1 – 12712.05
UZS – -0,51%
€1 – 14524.79
UZS – -0,45%
₽1 – 161.10
UZS – -0,27%
Qidirish
O‘zbekiston 09/06/2025 O‘zbekiston Migratsiya agentligi Moskvada migrantlarga nisbatan kuch ishlatish holati bo‘yicha nazorat o‘rnatdi

O‘zbekiston Migratsiya agentligi Moskvada migrantlarga nisbatan kuch ishlatish holati bo‘yicha nazorat o‘rnatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi reyd paytida migrantlarga nisbatan kuch ishlatilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

2025 yil 8 iyun kuni Moskva shahri Sokolniki tumanida ushbu davlatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotganlarni huquqiy maqomini tekshirish uchun o‘tkazilgan tadbirlar chog‘ida Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi (Rosgvardiya) tomonidan fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch qo‘llangani aks etgan xabarlar ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasining huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan rasmiy maʼlumot kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi ushbu masalani nazoratga olgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, reyd yakunida hujjatlarida muammo aniqlangan 5–6 nafar shaxs ushlab qolinib, holatni aniqlash maqsadida ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan va ular orasida ikki nafar Tojikiston fuqarosi deportatsiya qilingan.

Rossiya Federatsiyasi Hukumati vakillari va yirik ish beruvchilar tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatga tartibli va tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilishga yildan - yilga keskin qiziqish ortib borayotgan bir sharoitda, ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chet el fuqarolariga nisbatan bunday qo‘pol munosabatni kuzatilishi afsus va taassuf uyg‘otadi.

Agar ushbu vaziyatda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud bo‘lsa, jumladan, ularga tan jarohatlari yetkazilgan, huquqlari buzilgan yoki boshqa muammolarga duch kelgan bo‘lsalar, Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasigi quyidagi aloqa vositaalari orqali murojaat qilishlari so‘raladi:

Telefon: +7 925 045-47-44

Telegram: @pomoshrussiamigrant va @huquqiyyordamuzbot

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling