Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Muloqot Migratsiya agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti (MOT ), Buyuk Britaniyaning Seasonal Workers Scheme (SWS) loyihasi doirasida faoliyat yurituvchi rasmiy operatorlar va ularning faoliyatini muvofiqlvshtiruvchi ALP (Ishchi kuchi yetkazib beruvchilar assotsiyaatsiya) hamda GLAA (Mehnat xuquqlarini himoya qilish bo‘yicha tashkilot) tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Unga Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston bilan ishlab kelayotgan ikki kompaniyasi bilan bir qatorda "Agri-HR-Ltd", "Fruitful jobs LTD", "Concordia Charity" kabi yangi rekruting tashkilotlari rahbarlari ham jalb qilindi.
Angliyadagi mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi. Nomzodlarni topish, saralash, imtihon jarayonlarini shaffof tashkil qilish bunda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Agentlik rahbariyati Angliyaning O‘zbekiston bilan ishlash istagidagi barcha rekruting operatorlari bilan shartnoma tuzib, mamlakatimiz fuqarolari uchun ajratiladigan kvotalar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi.