Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Turizm 20/06/2025 O‘zbekiston mehmondo‘stligi Buyuk Britaniya aholisida unutilmas taassurot qoldirdi

O‘zbekiston mehmondo‘stligi Buyuk Britaniya aholisida unutilmas taassurot qoldirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi tomonidan 2025-yilning 5-17-iyun kunlari Angliya, Uels va Shotlandiyaning 6 ta yirik va tarixiy shaharlarida (Edinburg, Manchester, Liverpul, Kardiff, Oksford va London) “O‘zbekiston karvoni” madaniyat va taomlari safari tashkil etildi.

O‘zbekistonning turistik salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish, yurtimiz nufuzini oshirish, mamlakatimizga sayyohlar tashrifini ko‘paytirish va Buyuk Britaniya jamoatchiligi bilan ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida mashhur oshpaz Baxriddin Chustiy va Londondagi “OshPaz” o‘zbek milliy taomlari restorani jamoasi tomonidan “O‘zbekiston karvoni” madaniyat va taomlari safari doirasida mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari taqdim etildi va yurtimiz muhim sayohat manzili sifatida yaqindan tanishtirildi.

“O‘zbekiston karvoni” tashrif buyurgan har bir manzilda xorijliklar tomonidan bayramona kayfiyatda kutib olindi. O‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlar, boy madaniyatimiz unutilmas taassurot qoldirdi. Oshpazlarimiz tomonidan tayyorlangan taomlar esa barchaga manzur bo‘ldi. 

Ta’kidlash joizki, “O‘zbekiston karvoni” madaniyat va taomlari safari joriy yilning 21-22-iyun kunlari Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi mashhur “Tower Bridge” oldida “Potters Field Park” xiyobonida Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan an’anaviy O‘zbekiston turizmi, madaniyati va milliy taomlari festivali bilan yakunlanadi. 

Mazkur tadbirlar kelgusida O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yanada oshirib o‘zaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga va sayyohlar oqimini orttirishga ulkan hissa qo‘shadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling