Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
Moliya 25/12/2024 O‘zbekiston Markaziy banki Xalqaro Operatsion Risk Ishchi Guruhi (IORWG) a’zosi bo‘ldi

O‘zbekiston Markaziy banki Xalqaro Operatsion Risk Ishchi Guruhi (IORWG) a’zosi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Markaziy banki Xalqaro Operatsion Risk Ishchi Guruhi (IORWG) a’zosi bo‘ldi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu Guruhga a’zo bo‘lish orqali Markaziy bank yetakchi xorijiy markaziy banklar bilan operatsion xatarlarni boshqarish borasidagi ilg‘or tajriba almashish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xatarlarni boshqarish tizimini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirib borish imkonini beradi.

IORWG – bu markaziy banklar faoliyatidagi operatsion risklarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan xalqaro tashkilot hisoblanadi. Guruh 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, guruh faoliyati Ispaniya banki va Filadelfiya Federal zaxira banki tomonidan muvoffiqlashtiriladi. Bugungi kunda Guruh tarkibiga 125 ta markaziy banklar va regulyatorlar a’zo bo‘lib, shu jumladan Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston markaziy banklari ham ushbu Guruh a’zolari hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling