Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
Moliya 20/01/2025 O‘zbekiston Markaziy banki xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston Markaziy banki xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank rahbariyatining mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro moliya tashkilotlarining (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Islom taraqqiyot banki) mahalliy rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Markaziy bankning Xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalari hamda joriy yildagi Markaziy bankning yangi tashabbuslari doirasida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, Markaziy bankning asosiy funksiyalarini yanada takomillashtirish bilan bir qatorda aholi, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun moliyaviy ommaboplikni oshirish, moliya bozorini ilg‘or xalqaro tajriba asosida yanada rivojlantirish hamda qo‘shma tadqiqotlar olib borish kabi yo‘nalishlarda Xalqaro moliya tashkilotlarining tavsiyalari va texnik ko‘magi muhimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Muhokamalar yakuni bo‘yicha tomonlar joriy yildagi yangi tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling