Valyuta kurslari 06/02/2025
$1 – 12985.32
UZS – -0,1%
€1 – 13511.23
UZS – 0,53%
₽1 – 132.22
UZS – 0,71%
Qidirish
Turizm 06/02/2025 O‘zbekiston-Malayziya turizm sohasida hamkorligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston-Malayziya turizm sohasida hamkorligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuala-Lumpurda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Malayziyaning Turizm, san’at va madaniyat vazirligi bosh kotibi Raslan Abdul Rahmon bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Xususan, malayziyalik sayyohlarni ziyorat, madaniy va qishki turizm yo‘nalishlari bo‘yicha jalb qilish, shuningdek, malayziyaliklar uchun “Umra plyus” sayyohlik dasturini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish, O‘zbekistonning qishki va ziyorat turizmi salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarish maqsadida Malayziyaning tegishli uyushmalari va tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling