O‘zbekiston-Litva biznes forumi va Hamkorlik kengashining majlisi Litvada bo‘lib o‘tadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 4–6 avgust kunlari Litva poytaxti Vilnyus shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi. Tashrif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbarligida tashkil etilmoqda.
Tashrif doirasida O‘zbekiston-Litva biznes forumi hamda Ishbilarmonlar kengashining II yig‘ilishi rejalashtirilgan.
Forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlar tashkil etiladi. Muzokaralar quyidagi sohalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
transport va logistika
qishloq xo‘jaligi
oziq-ovqat va kimyo sanoati
farmatsevtika
vinochilik
to‘qimachilik sanoati
Tadbir O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlash, qo‘shma loyihalar va eksport-import operatsiyalarini kengaytirish maqsadida o‘tkazilmoqda.