Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13-17-yanvar kunlari Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha Jautikov nomidagi 21-Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadada 20 davlatdan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi yuksak natijalarni qayd etdi: 2 ta oltin, 5 ta kumush va 12 ta bronza medali.
«Artel» xususiy maktabining 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Bobokulov va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalari ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov olimpiadaning oltin medallarini qo‘lga kiritdilar.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘tgan yili shu olimpiadada 14 ta medal qo‘lga kiritgan.