Valyuta kurslari 23/07/2025
$1 – 12704.02
UZS – 0,8%
€1 – 14871.33
UZS – 1,33%
₽1 – 162.43
UZS – 0,93%
Qidirish
Iqtisod 23/07/2025 O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish doirasida Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish doirasida Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aʼzo bo‘lish jarayoni doirasida Shveysariya Hukumati bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov maʼlum qildi.

«Bugun, 2025 yil 21 iyul kuni, Jeneva shahrida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni doirasida Shveysariya bilan bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi Protokolni imzoladik. Shu bilan, muzokaralar yakunlangan mamlakatlar ro‘yxatiga yana bir JST aʼzosi qo‘shildi», — dedi u.

Azizbek Urunovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda muzokaralar olib borilayotgan faqatgina bir nechta davlat qolgan, qolganlari bilan ish yakunlangan.

Hozirga qadar O‘zbekiston 25 ta davlat bilan muzokaralarni to‘liq yakunlagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling