Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi vazir o‘rinbosari i.f.d. Umid Obidxo‘jayev boshchiligida Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Ilg‘or yechimlar Markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida barqaror moliyalashtirish, halol sertifikatlash sanoatini rivojlantirish va amaliyotda muvaffaqiyatdan o‘tgan innovatsion iqtisodiy yechimlarni joriy etish sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Malayziya: iqtisodiy islohotlar uchun yetakchi namuna
Jahon banki prognozlariga ko‘ra, Malayziya 2028-yilgacha yuqori daromadli davlatlar qatoriga kirishi mumkin. Bunga mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi va kuchli valyuta bilan birga innovatsion iqtisodiy siyosati sabab bo‘lmoqda. Malayziyaning moliyaviy barqarorlik, muvozanatli rivojlanish va ilg‘or boshqaruvga asoslangan muvaffaqiyati O‘zbekiston uchun o‘rganishga arziydigan tajribadir.
ITB Ilg‘or yechimlar Markazining o‘rni
Markaz Malayziyaning muvaffaqiyatli iqtisodiy yechimlari va tajribasini ITBga a’zo davlatlar bilan bo‘lishish bo‘yicha asosiy platforma hisoblanadi.
Markazning tajribasi quyidagi yo‘nalishlarda muhim ahamiyat kasb etadi:
Uchrashuv davomida malaka oshirish dasturlari, halol sertifikatlash sanoatini rivojlantirish strategiyalari va barqaror moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik rejalari muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikni amaliy natijalarga aylantirishga kelishib oldilar.
Malayziyaning iqtisodiy muvaffaqiyatlaridan o‘rganish va ITB Ilg‘or yechimlar Markazining tajribasidan foydalanish O‘zbekistonning diversifikatsiyalangan, barqaror va innovatsion iqtisodiyot sari harakatlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.