Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 17/04/2025 O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligida Koreya Eksport-import banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligida Koreya Eksport-import banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida vazir o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov Koreya Eksport-import banki operatsion guruhi ijrochi direktori Um Sung Yong rahbarligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Koreya Eksport-import bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Kan Sanjin va bankning boshqa vakillari ham ishtirok etdi. Ularning tashrifi O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmi asosida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarida hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning kelajakdagi istiqbollari, ayniqsa, sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalarni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish va Koreyaning sog‘liqni saqlash sohasidagi DXSH loyihalari tajribasini o‘rtoqlashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Koreya Eksport-import banki tomonidan O‘zbekistonning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini kelgusida muhokama qilishga va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyorliklarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling