Valyuta kurslari 23/04/2025
$1 – 12878.96
UZS – -0,24%
€1 – 14801.79
UZS – -0,71%
₽1 – 158.39
UZS – -0,85%
Qidirish
O‘zbekiston 25/01/2025 O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarining istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarining istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 23-yanvar O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Iordaniyaning mamlakatimizdagi Elchisi Demiya Zuhayr Haddod bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash maqsadida joriy yilda turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish rejalari ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling