O‘zbekiston Investitsiyalar vazirligida Xitoy bilan ikkinchi mintaqalararo forumga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 21-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir oʻrinbosari Ilzat Kasimov va Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar davomida Ikkinchi hududlararo Oʻzbekiston-Xitoy forumi va “Markaziy Osiyo-Xitoy” formatidagi Davlat rahbarlarining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik darajasi koʻrib chiqildi.
Xususan, boʻlajak tadbirlarning asosiy mavzulari, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi hamda ikkalla tomon ishtirokida amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari yakunlari sarhisob qilindi.
Jumladan, sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarning, xususan: Savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha “Markaziy Osiyo-Xitoy” Harakatlar rejasi, “Markaziy Osiyo-Xitoy” toʻsiqsiz savdo sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha Oʻzaro anglashuv memorandumi va ”yashil minerallarni” qazib olish boʻyicha investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha ”Markaziy Osiyo-Xitoy” Oʻzaro anglashuv memorandumining yakuniy matnlari muhokama qilindi.