Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) ishchi tashrifi davom etmoqda.
10-yanvar kuni tashrif dasturi doirasida transport va logistika, IT-texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va infratuzilmaviy rivojlantirish kabi muhim sohalarda faoliyat yurituvchi BAAning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralarda hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosidagi tashabbuslar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu esa O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.