Valyuta kurslari 02/05/2025
$1 – 12900.00
UZS – -0,16%
€1 – 14595.06
UZS – -0,59%
₽1 – 157.32
UZS – -0,81%
Qidirish
Iqtisod 04/05/2025 O‘zbekiston ICT Regulatory Tracker bo‘yicha G3 darajasiga yetdi

O‘zbekiston ICT Regulatory Tracker bo‘yicha G3 darajasiga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro elektr aloqa ittifoqining “ICT Regulatory Tracker” reytingida O‘zbekiston 45 ballga yuqoriladi va G3 darajaga ko‘tarilib, Markaziy Osiyoda eng yuqori o‘ringa chiqdi

Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU) tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan “ICT Regulatory Tracker” reytingida O‘zbekiston sezilarli yutuqqa erishdi. Mamlakat mazkur reytingda 2020-yilda 27,5 ball bilan G1 darajani egallagan bo‘lsa, 2022-yilda 45 ball bilan G2 natijani qayd etgan.

2024-yilga kelib, O‘zbekiston o‘z natijasini 27,5 ballga oshirib, 72,5 ball ko‘rsatkichiga erishdi va G2 darajasidan G3 darajasiga ko‘tarildi hamda umumiy 2020-yildan buyon 45 ballga yuqoriladi.

Bu bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida G3 darajaga erishgan yagona davlatga aylandi. Bu esa mamlakatning AKT sohasidagi global raqobatbardoshligini oshiradi hamda xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi tartibga solish muhitini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsion islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borayotgan siyosati samaradorligini tasdiqlaydi.

ICT Regulatory Tracker — bu ITU tomonidan ishlab chiqilgan baholash mexanizmi bo‘lib, mamlakatlarda AKT sohasini tartibga solish darajasini 50 ga yaqin indikatorlar asosida baholaydi. Reyting har ikki yilda yangilanib, dunyo mamlakatlarining raqamli transformatsiyadagi rivojlanish darajasini taqqoslash imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling