O‘zbekiston hududida magnitudasi 3,5 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 9 iyul kuni soat 15:32:15 da Toshkent vaqti bilan O‘zbekiston hududida magnitudasi 3,5 bo‘lgan zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV huzuridagi Seysmoprognoz monitoringi markazi xabar berdi.
Yer qimirlashi epitsentri Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida joylashgan.
Zilzilaning epitsentridagi kuchi 4 ballni tashkil etdi. Seysmologlarning maʼlumotiga ko‘ra, zilzila o‘chag‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Epitsentrning geografik koordinatalari — 38,51° shimoliy kenglik va 65,81° sharqiy uzunlik.
Zilzila kuchi respublika hududlarida quyidagicha sezildi:
Nishon tumani — 2–3 ball (epitsentrdan 22 km);
G‘uzor tumani — 2 ball (29 km);
Qarshi shahri — 2 ball (37 km).
Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 422 kilometrni tashkil qilib, janubi–g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronalar qayd etilmagan.