Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-noyabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining reysi homilador yo'lovchida erta to’lg’oq boshlangani sababli Kanadaga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, HY101 reysi Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan. Parvoz chog‘ida uchuvchi bortdagi favqulodda vaziyat tufayli samolyotni Guz-Baydagi (Kanada) muqobil aerodromga yo‘naltirishga qaror qildi.
Qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 20:50 da sodir bo‘lib, tibbiyot xodimlari samolyotga chiqishdi. Natijada yo‘lovchini kasalxonaga yotqizish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu reysning samolyoti aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan edi