Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
Iqtisod 21/01/2025 O‘zbekiston Germaniya uchun haydovchilar tayyorlaydi

O‘zbekiston Germaniya uchun haydovchilar tayyorlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda og‘ir yuk mashinalari haydovchilarini Germaniyada ishlash uchun tayyorlash ishlari boshlanadi.

Migratsiya agentligi, Germaniyaning SBH West GmbH hamda “Vatanparvar” tashkilotlari o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ikki davlat migratsiya sohasida ilk bor amaliyotga tadbiq etilayotgan bu kelishuv natijasida 700 nafar hamyurtimiz yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchisi sifatida O‘zbekiston hududida nemis tiliga o‘qitilib, “Vatanparvar” tashkilotida kasbiy qayta tayyorlov kurslarida malaka oshiradi va Germaniyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga yuboriladi. Oylik maoshlari oyiga 2400 - 2600 € tashkil qiladi.

Hozirgi kunda bir guruh tinglovchi onlayn darslarda ishtirok etmoqda, yaqin kunlarda yangi guruhlar ochiladi va keng miqyosli o‘qishlar boshlanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling