Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston fuqarosi Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etgani uchun sudlandi.
4 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman sudi O‘zbekiston fuqarosi Alisher Xoliqovga nisbatan hukm chiqardi.
Xoliqov 2023 yilning may oyida Rossiyaga ish izlab ketgan. Avvaliga u novvoy, keyin esa “Magnit” gipermarketida yuk tashuvchi bo‘lib ishga kirdi, biroq har ikki holatda ham unga maoshi berilmadi.
“Magnit”da ishlab yurgan vaqtida unga oylik bermagan Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan boshligʻi Akmal bilan janjallashib qolgan va Xoliqov uni urgan. Voqeadan so‘ng Akmal politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan, Xoliqov va uning tanishi Umidni politsiya bo‘limiga olib ketilgan.
Kelgan advokat Xoliqovga hujum uchun besh yilgacha qamoq jazosi kutilishi mumkinligini tushuntiradi va ungaUkraina hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etishni taklif qiladi. Jazodan qutulmoqchi bo'lgan Xoliqov ushbu taklifga rozi bo'ladi va shartnoma imzolaydi.
U va yana 80 ga yaqin kishi Kaminka harbiy qismiga o‘qishga jo‘natiladi. Rossiya rasmiylari uning plastik kartasiga 500 ming rubl o‘tkazib, uning katta qismini xotiniga jo‘natib, o‘ziga atigi 100 mingini qoldirgan.
2024 yil yanvar oyida u Belgorod viloyati, Mayskiy qishlog'idagi poligonga o'tkazildi va u yerda harbiy kiyim, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, nishon va Kalashnikov avtomatini oladi. U uch kun davomida otishma va boshqa harbiy ko‘nikmalarni o‘rgandi.
4 fevral kuni Xoliqov Lugansk hududidagi harbiy harakatlarda qatnashish uchun Ukraina chegarasini kesib o'tadi. Chegarani kesib o‘tish chog‘ida xarbiy karvonga Ukraina dronlari hujum qilgan, va Xoliqov jarohatlangan.
U bir oy davomida Moskva kasalxonasida davolanadi. Rossiya Mudofaa vazirligi unga qo'shimcha 300 ming rubl o'tkazdi. Ko'p o'tmay, keyingi harbiy harakatlar uchun yaroqsiz deb topilib, u Sankt-Peterburgga qaytib ketadi.
"Magnit" gipermarketi yotoqxonasida uch kun bo'lgandan so'ng, uning rafiqasi ichki biometrik pasport olib kelib, uning oldiga keladi. Rafiqasi unga O‘zbekistonga qaytishga taklif qiladi va Xoliqov 4 iyul kuni Sankt-Peterburg-Toshkent reysi bilan yurtiga qaytadi.
Sudda Xoliqov aybini tan oldi. Sud hukmi bilan Alisher Xoliqov Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismida (yollanish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan. Unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.