Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Iqtisod 28/03/2025 O‘zbekiston fuqarolarni YEIda ish bilan taʼminlashda ICMPD bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston fuqarolarni YEIda ish bilan taʼminlashda ICMPD bilan hamkorlik qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi bilan hamkorlik o‘rnatildi.

Bu haqda Migratsiya agentligi, Tashqi va Ichki ishlar vazirliklari mutasaddilarining Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi (ICMPD) bosh direktori Michael Spindelegger bilan uchrashuvida so‘z bordi.

“Tahlillarga asoslanadigan bo‘lsak, yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi. O‘zbekistonda esa iqtidorli yoshlar ko‘p va ularni xorijiy tillarga, talab yuqori kasblarga o‘rgatish tizimi juda yaxshi yo‘lga quyilmokda",

- deya taʼkidladi Avstriyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri, ICMPD bosh direktori janob Spindelegger.

Uchrashuvda Migratsiya agentligi va mazkur Xalqaro markaz o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, Markaz Migratsiya agentligi bilan birgalikda mahalliy aholiga Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qonuniy ishlash bo‘yicha maslahatlar beradi, migratsiyaga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun safar oldi o‘quv kurslarini tashkil qiladi va salohiyatli ish beruvchilarni jalb qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling