Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 18/12/2024 O‘zbekiston fuqarolari «yashil» elektr energiyasini 10,56 milliard so‘mga sotdilar

O‘zbekiston fuqarolari «yashil» elektr energiyasini 10,56 milliard so‘mga sotdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 6 536 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 10 mlrd 563 mln so‘m davlat byudjetidan subsidiya oldi, deb xabar beradi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Dastur doirasida to‘langan umumiy mablag‘ 10,56 milliard so‘mni tashkil etdi, sh 5,75 milliard so‘m avgust-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi.

To‘lovlar hajmi bo‘yicha X viloyati peshqadamlik qilmoqda — 2,4 milliard so‘m, undan keyin Qoraqalpog‘iston — 1,7 milliard so‘m va Toshkent — 1,4 milliard so‘m.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling