Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 20/06/2025 O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga sayyohlik vizasini yana onlayn rasmiylashtirishlari mumkin

O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga sayyohlik vizasini yana onlayn rasmiylashtirishlari mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga rasmiy VisitSaudi portali orqali sayyohlik vizasini yana elektron tarzda rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Qirollik Turizm vazirligi maʼlum qilishicha, texnik muammolar tufayli vaqtincha to‘xtatilgan xizmat 1 apreldan 9 iyungacha (2025 yil) to‘xtab turgan, ammo hozirda to‘liq tiklangan va odatiy tartibda ishlamoqda.

Elektron sayyohlik vizasi:

  • Amali qilish muddati: 1 yil
  • Kirish soni: ko‘p marta (multiviza)
  • Bir yilda mamlakatda qolish muddati: 90 kungacha

Ushbu viza egalariga umra haj ibodatini bajarish huquqi beriladi, ammo haj safari, mehnat faoliyati yoki uzoq muddatli yashash uchun foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, elektron viza rasmiylashtirish jarayoni VisitSaudi rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi va fuqarolardan hech qanday ortiqcha hujjat talab etilmaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling