Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 16/11/2024 O'zbekiston elchisi Yevropa kengashi Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekiston elchisi Yevropa kengashi Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elchi G'ayrat Fozilov Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelga o'zining ishonch yorliqlarini topshirdi. Marosim doirasida bo'lib o'tgan suhbat chog'ida O'zbekiston-Yevropa munosabatlari kun tartibidagi bo'lajak tadbirlarga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yevropa kengashi Prezidenti O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi, umuman, Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlikning bugungi holatiga ijobiy baho berdi. U O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning pragmatik va yaxshi qo'shnichilik siyosati Markaziy Osiyoda ijobiy o'zgarishlarga olib kelgani, mintaqani barqaror rivojlanish va farovonlik yo'lida birlashtirganini alohida ta'kidladi.

Sharl Mishel, shuningdek, so'nggi yillarda birgalikdagi ishlar natijasida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilganini qayd etdi. YI Yevropa va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga katta ahamiyat qaratishi tasdiqlandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston elchisi G'ayrat Fozilov 2023-yil 5-dekabr kuni Belgiya va Yevropa Ittifoqi poytaxtiga tashrif buyurgan edi. U 2015–2017 va 2021–2023-yillarda O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimida ishlagan. 2024-yil 7-fevral kuni O'zbekiston elchisi G'ayrat Fozilovning Belgiyaliklar qiroli Filippga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

G'ayrat Fozilov 2017–2023-yillarda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi, O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi (qarorgohi Bryussel shahrida) vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan Dilyor Hakimov o'rniga tayinlangan. Bu yangilik ikki tomonning o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga dalolat beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling