Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapeshtda joylashgan) kecha Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Rasmiy marosimdan so'ng bo'lib o'tgan muloqot chog'ida O'zbekiston va Sloveniya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlar jadvali ko'rib chiqildi. Har ikki tomon munosabatlarni yanada rivojlantirish va qo'shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, joriy yil oktabrida O'zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan Oybek Shaxavdinov ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga o'zining ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.
Oybek Shaxavdinov O'zbekistonning Vengriyadagi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) birinchi, shuningdek, o'rindoshlik asosida Xorvatiya, Chernogoriya va Sloveniyadagi elchisi hisoblanadi.