Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov 4-dekabr kuni Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Rasmiy marosimdan so'ng bo'lib o'tgan suhbat chog'ida O'zbekiston va Shvetsiya o'rtasida turli yo'nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o'rtasida o'zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ishbilarmonlar o'rtasida muloqotni rag'batlantirish, iqlim o'zgarishlariga moslashish va "yashil" iqtisodiyot, fan va ta'lim, sog'liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari alohida urg'ulandi.
Eslatib o'tamiz, Elchi Rahmatulla Nurimbetov 15-oktabr kuni Shvetsiya poytaxtiga tashrif buyurgan edi.
U Stokgolmga tayinlanishidan avval 2023-2024-yillarda O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimida ishlagan. Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024-yillarda O'zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir G'aniyev o'rniga tayinlangan.