Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 07/02/2025 O'zbekiston elchisi ShHT bosh kotibi bilan uchrashdi

O'zbekiston elchisi ShHT bosh kotibi bilan uchrashdi

 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Nurlan Yermekbayev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ShHTga a'zo davlatlarning hamkorlik ko'lami, O'zbekistonning ushbu xalqaro tashkilot doirasida ilgari surayotgan tashabbuslarining ahamiyati haqida so'z yuritildi.

Nurlan Yermekbayev O'zbekistonning, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash va o'zaro biznes aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari ShHTga a'zo davlatlar o'rtasidagi samarali hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirishga hamda barcha mamlakatlar manfaatlariga xizmat qilayotganini ta'kidladi. Ushbu tashabbuslar tashkilot faoliyati doirasida faol qo'llab-quvvatlanayotgani ma'lum qilindi.

Tomonlar ShHTga a'zo davlatlar, jumladan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi serqirra munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan o'zaro fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling