Valyuta kurslari 06/03/2025
$1 – 12900.37
UZS – -0,02%
€1 – 13818.88
UZS – 1,89%
₽1 – 143.80
UZS – -0,47%
Qidirish
Iqtisod 06/03/2025 O‘zbekiston elchisi Malayziyaning Sparco Engineering kompaniyasi bilan investitsiya loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston elchisi Malayziyaning Sparco Engineering kompaniyasi bilan investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Sparco Engineering" kompaniyasi loyihalar bo'yicha direktori Raja Arif bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida Malayziya kompaniyasi ishtirokida O'zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.

Raja Arif kompaniya O'zbekistonda kimyo sanoatida uchta – formaldegid, titan dioksidi va malein kislotasi ishlab chiqarish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqayotganini ma'lum qildi.

Uchrashuv yakunida mazkur loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy sa'y-harakatlarni boshlash uchun kompaniya rahbariyati va texnik mutaxassislaridan iborat ishchi guruhning O'zbekistonga safarini  uyushtirish to'g'risida kelishib olindi.

"Sparco Engineering" kompaniyasi 2015-yil 10-oktyabrda mamlakatning Selangor shtatida tashkil etilgan. U neft-kimyo sanoatida EPCC yechimlari bo'yicha Malayziyada yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling