Valyuta kurslari 13/03/2025
$1 – 12920.00
UZS – -0,09%
€1 – 14102.18
UZS – -0,04%
₽1 – 149.52
UZS – -0,44%
Qidirish
O‘zbekiston 14/02/2025 O'zbekiston elchisi Litva Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekiston elchisi Litva Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Temur Rahmonov (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) 11-fevral kuni Litva Prezidenti Gitanas Nausedaga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rasmiy marosimdan so'ng bo'lib o'tgan muloqot chog'ida O'zbekiston va Litva o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

 Litva Prezidenti rasmiy Vilnyus va Toshkent o'rtasidagi siyosiy muloqot va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. 2024-yil yakuniga ko'ra O'zbekiston Litvaning yirik savdo-iqtisodiy sheriklaridan biriga aylanganini alohida ta'kidlandi.

Prezident Gitanas Nauseda, shuningdek, Litva tomoni O'zbekistonning YEI doirasidagi tashabbuslarini va Jahon savdo tashkilotiga kirish masalasini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Litva o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 5-avgustda o'rnatilgan.

Elchi Timur Rahmonov 2024-yil 17-iyun kuni Latviya Prezidenti Edgars Rinkevichsga ishonch yorliqlarinitopshirgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling