Valyuta kurslari 04/07/2025
$1 – 12557.56
UZS – -0,27%
€1 – 14809.13
UZS – -0,08%
₽1 – 159.44
UZS – -0,46%
Qidirish
O‘zbekiston 03/07/2025 O'zbekiston elchisi Germaniya Bundestagining yangi saylangan raisi bilan parlamentlararo hamkorlikni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi

O'zbekiston elchisi Germaniya Bundestagining yangi saylangan raisi bilan parlamentlararo hamkorlikni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya Bundestagining yangi saylangan raisi Yuliya Klyokner bilan muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Germaniya Bundestagi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida bo'lib o'tgan uchrashuv avvalida elchi Dilshod Axatov Yuliya Klyoknerni Bundestag raisi lavozimiga saylangani bilan qutladi.

O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Bundestag bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligi ta'kidlandi. 

"O'zbekistonda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, parlament faoliyatini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholayman, – dedi Yuliya Klyokner. – Men ikki davlat parlamentlari o'rtasidagi aloqalarni faollashtirish bo'yicha takliflarni ham qo'llab-quvvatlayman".

Shuningdek, suhbat davomida parlamentlar o'rtasida o'zaro tashriflarini amalga oshirish, qonunchilik sohasida tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish, Germaniya Bundestagining talabalar uchun tajriba almashish va malaka oshirishga yo'naltirilgan "Xalqaro parlament stipendiyasi" dasturida O'zbekiston yoshlarining sonini ko'paytirish masalalari ham ko'rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling