Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 17/03/2025 O'zbekiston elchisi ASEAN huzurida akkreditatsiyadan o'tdi

O'zbekiston elchisi ASEAN huzurida akkreditatsiyadan o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning ASEAN tashkilotidagi doimiy vakili Oybek Eshonov mazkur tuzilma Bosh kotibi Kao Kim Xournga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

Muloqot avvalida Bosh kotib Kao Kim Xourn O'zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan 2025-yil fevral oyida Jakarta shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvni mamnunlik bilan esga oldi hamda bo'lib o'tgan muzokaralarni samarali va juda konstruktiv deb baholashini bildirdi.

Mazkur uchrashuv natijalari, ASEAN va O'zbekiston o'rtasida samarali siyosiy muloqot hamda ko'p qirrali hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun mustahkam poydevor bo'lishi qayd etildi.

"Keyingi yillarda jahon hamjamiyatida, xususan, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida O'zbekistonga qiziqish ortib bormoqda. ASEAN davlatlari respublikani Markaziy Osiyodagi muhim va ishonchli hamkor deb biladi", dedi Bosh kotib Kao Kim Xourn.

Shuningdek, uchrashuvda Tashkilot Kotibiyati O'zbekistonning ASEAN bilan hamkorlikning ilg'or modelini yaratish istagi va keng ko'lamli sohalarda sheriklikni mustahkamlashdagi qat'iyati tasdiqlandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston elchisi Oybek Eshonov bundan avval Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga o'zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling