Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 27-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 503 972 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi har oy o‘rtacha 61,7 ming kishiga, har kuni esa 2 ming kishiga oshmoqda.
Joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonda 693,9 ming nafar yangi tug‘ilgan bola qayd etilgan. Biroq, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 23 ming nafarga kamaygan.